Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronning birinchi vitse-prezidenti prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini oldi

Eronning birinchi vitse-prezidenti Ishoq Jahongiriy prezidentlik saylovlaridan o‘z nomzodini oldi. Bu haqda Jahongiriyning 16 may kuni ISNA axborot agentligi tomondan tarqatilgan bayonotida aytilgan.
15 may kuni prezidentlik poygasida ishtirok etishdan Tehron meri Muhammad Bag‘ir G‘olibof voz kechgandi. U saylovchilarni konservativ partiyalar alyansidan nomzod Ibrohim Raisiyga ovoz berishga chaqirgan.
Shu tariqa, Eron prezidenti lavozimiga da'vogarlar 4 nomzodgacha kamaydi. Saylovlarda yetakchilar Eronning amaldagi prezidenti Hasan Ruhoniy va mamlakatning sobiq bosh prokurori Ibrohim Raisiy hisoblanadilar. Eronning sobiq madaniyat va islom oriyentatsiyasi vaziri Mustafo Og‘a Mirsalim va sobiq sanoat vaziri Mustafo Hoshimiy Toba nomzodlari yaqqol autsayderlar sifatida ko‘rilmoqda.
Erondagi prezidentlik saylovlari 19 may kuni bo‘lib o‘tadi. Nomzodga saylovda g‘olib bo‘lish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘ish talab etiladi. Agar hech bir nomzod bunga erisha olmasa, unda ikkinchi bosqich belgilanadi va unda birinchi bosqichda yetakchi bo‘lgan ikki nomzod kurash olib boradi.
Mavzuga oid

13:10 / 31.07.2025
AQSh 2018 yildan beri Eronga qarshi eng ko‘p sonli sanksiyalar kiritdi

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

10:42 / 29.07.2025
Tramp Eron yadroviy obektlarini yana «yakson etish» bilan tahdid qildi

08:27 / 28.07.2025