Video: Melaniya Tramp Isroil aeroportida turmush o‘rtog‘ining qo‘lidan ushlashdan bosh tortdi
AQShning birinchi xonimi Melaniya Tramp Tel-Aviv aeroportida o‘z turmush o‘rtog‘i Donald Trampning qo‘lini ushlashdan bosh tortgani OAV diqqatidan chetda qolmadi. Newsweek shu haqida xabar berdi va mavzuga oid video bilan bo‘lishdi.
Mualliflarning yozishicha, nima uchun birinchi xonim prezidentning qo‘lini ushlashdan bosh tortgani noma'lum. Ularning taxminiga ko‘ra, parvoz vaqtidagi turbulentlik Melaniyaning kayfiyatiga ta'sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Nashrga ko‘ra, videokameralar obektiviga tushgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.
Ta'kidlash joizki, Melaniya Tramp turmush o‘rtog‘ining AQSh prezidenti sifatidagi ilk xorijiy tashrifida unga hamrohlik qilmoqda. Juftlik o‘tgan hafta Saudiya Arabistonida bo‘ldi.

Mavzuga oid

21:44 / 26.06.2025
Yaponiyada ayiq aeroport faoliyatini falajlab qo‘ydi

14:54 / 26.06.2025
AQSh Kongressida Trampning rafiqasi vizasi bilan bog‘liq mojaro yuzaga keldi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

16:53 / 02.06.2025