Xitoy nochorlik bilan kurashishda o‘rgimchaklardan foydalanmoqchi

Foto: NEWS.CN
Xitoyning Xaynan orol viloyati rahbariyati o‘rgimchaklar yordamida nochorlikka qarshi kurashmoqchi, deb xabar berdi China News Servise axborot agentligi.
Ma'lum qilinishicha, Uchjishan shahri atrofidagi qishloqlardan birining ma'muriyati tibbiy maqsadlarda qo‘llash uchun o‘rgimchak zahrini ishlab chiqaruvchi ferma barpo etdi. Korxona shu yo‘l orqali aholining nochor qatlamlarini ish bilan ta'minlamoqchi.
Loyihaga investitsiyalar 17 mln yuanni (2,47 mln dollar) tashkil qilgan.
O‘rgimchak fermasi nochorlik yoqasida turgan 400ta mahalliy oilaga muntazam daromad olish imkoniyatini beradi.
Mavzuga oid

08:20
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025