YeChL finali vaqtida Turinda kimdir petarda otdi, tiqilinch tufayli 1000dan ortiq kishi jarohatlandi

Italiyaning Turin shahrida Chempionlar ligasi finali vaqtida mingdan ortiq kishi jabrlandi. AFP agentligi xabariga ko‘ra, fanatlar zonasida bir necha petarda otilgach, tartibsizlik yuzaga kelgan.
«Yuventus» va «Real» uchrashuvini tomosha qilish uchu San-Karlo maydonida 20 ming kishi to‘plangandi. Uchinchi goldan keyin tomoshabinlardan biri petarda portlatgan, boshqalar esa buni bomba deb o‘ylashgan va tiqilinch yuzaga kelgan.
Boshqa bir manba ma'lumotiga ko‘ra, odamlarni darvozaning qulashi qo‘rqitib yuborgan.
Dastlabki xabarlarda jabrlanuvchilar soni 200 nafar atrofida ekani aytilgandi.
Ayni vaqtga kelib, 1000dan ortiq kishi tiqilinch vaqtida jarohatlangani, o‘nlab kishilar og‘ir ahvolda ekani, ular orasida bir bola ham borligi aytilmoqda.
200 injured in Juventus fan panic after bomb scare https://t.co/QYJEQtLY3Q pic.twitter.com/skDS3A1cRk
— AFP news agency (@AFP) June 3, 2017
«Odamlar aralashib ketdi, ikki bola ota-onasidan uzilib qoldi. Bu bomba emas ekan, lekin shu ovoz tufayli xaos boshlangandi», deydi guvohlardan biri.
Mavzuga oid

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:04 / 21.04.2025
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Liverpul»ga chempionlik uchun bir g‘alaba qoldi. Kun o‘yinlari

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025