Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga ilk nomzod saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi

Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga ilk nomzod Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasiga hujjatlarni topshirdi. Bu haqda 24.kg axborot agentligi xabar bermoqda.
Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, hujjatlarni topshirgan ilk nomzod "Liga – Antikrizis" jamoatchilik birlashmasi raisi, Jalolobod viloyati Bozor-Qo‘rg‘on tumanida yashovchi Nazarbek Nishonov bo‘ldi. U avval Qirg‘iziston vatanparvarlik partiyasi yetakchisi bo‘lgan.
Nishonov muvaqqat hukumatni tanqid qilish va 2012 yil dekabrda "toza muxolif kuchlar" deb ataluvchi xalq-vatanparvarlik inqilobiy harakatini yaratgani bilan ma'lum. Ta'kidlanishicha, harakat birorta faol ish olib bormagan.
2007 yilda Qirg‘iziston ichki ishlar vazirligi Nishonov o‘ta yirik miqdordagi mablag‘larni o‘g‘irlagani uchun qidiruvda bo‘lganini ma'lum qilgan.
Qirg‘iziston prezidenti lavozimi uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun da'vogarlar o‘zlarini qo‘llab-quvvatlovchi 30 mingta imzo to‘plashlari va bir million qirg‘iz somi miqdorida garov puli kiritishlari kerak.
Mavzuga oid

21:41 / 25.04.2025
O‘zbekiston va Qirg‘iziston «Chashma» bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025