«Real» ikki jiddiy transferni hal qilgan
Madridning «Real» klubi «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe va «Milan» darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.
Hozirda «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan ta'tildan qaytishini kutmoqda, shundan so‘ng bu yosh futbolchilarning transferi masalasi uzil-kesil hal bo‘ladi.
Donnarumma ispan grandi tarkibiga bu mavsumda kelib qo‘shila olmaydi, «Milan» rahbariyati uni 2018 yilgacha, uning shartnomasi muddati yakunlanmaguncha kelib qo‘shila olmaydi. Voqealarning bunday rivojiga «Real» qarshilik qilmaydi, Madrid Donnarumma boshqa klubga o‘tib ketmaslik bo‘yicha va'dasida turishiga ishonch bildirmoqda.
Mbappe masalasi hal etib bo‘lingan, u «Real»da o‘ynashga qaror qilgan, bu transfer qiymati 130 mln yevroni tashkil etishi mumkin.
Mavzuga oid

10:54 / 24.04.2025
Guler «Real»ni poygada qoldirdi, «Inter» derbida yirik hisobda yutqazdi. Kun o‘yinlari

12:04 / 21.04.2025
«Real» chempionlik poygasida qoldi, «Liverpul»ga chempionlik uchun bir g‘alaba qoldi. Kun o‘yinlari

17:54 / 18.04.2025
Anchelotti «Real»dan ketishi kutilmoqda. Uning o‘rniga da’vogarlar ma’lum

12:20 / 17.04.2025