Foto: Apple’ning yangi binosi takrorlanmas tomga ega bo‘ldi
Apple uchun Chikago markazida qurilayotgan yangi do‘konning tomi bahorda bitkazilgandi, biroq unga yaqindagina qo‘shimcha element bilan bezak berishdi. Bu element jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e'tiborini o‘ziga tortdi. Tomning shakli, rangi va o‘rtadagi “olma” logotipi uni bahaybat MacBook Air’ga aylantirdi.
Londondagi Foster+Partners dizaynerlik firmasining dastlabki loyihasida tom, xuddi barcha bino kabi shishali edi. Martda Chicago Tribune bino tepasida brend logotipi paydo bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qildi, biroq tafsilotlar keltirilmadi.
Aynan shu firma brendning Singapur va Xanchjoudagi do‘konlari ustida ham ishlagan.
Mavzuga oid

19:38 / 10.06.2025
Dunyodagi eng qimmat 100 ta IT-brend qiymati 3,2 trln dollarga yetdi

16:46 / 10.06.2025
iPhone yangi dizayni, Siri’da kechiktirilgan o‘zgarishlar, iOS26 va Games – Apple WWDC25’da nimalar taqdim qildi?

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025