Shamol ob-havo ma'lumotlari boshlovchisini jonli efirda chetga surib ketdi

Irlandiyada ob-havo ma'lumotlari boshlovchisi Derek Xartigan jonli efirda ma'lumot berayotganda kuchli shamol bilan kamera qarshisidan chetga surib ketildi.
Derek kamera qarshisida katta soyabon ostida turib so‘zlayotganda birdaniga kuchli shamol kelib, uni soyaboni bilan chetga surib ketgan. Derek kutilmaganda kelgan shamolni yengib, sanoqli soniyalarda yana kamera qarshisiga qaytgan. U teskarisiga ochilib qolgan soyabonni to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘lolmay, uni apil-tapil yig‘ishtirishga tushgan. Oxir-oqibat soyabon yaroqsiz holga kelgan.
TV3 kanalidagi ertalabki teleko‘rsatuv boshlovchilari hamkasblarining bunday "parvozi"dan kulgilarini tiya olmaganlar.
Mavzuga oid

12:32 / 24.04.2025
25 aprel kuni havo harorati 35 darajagacha isiydi

16:21 / 18.04.2025
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

12:35 / 17.04.2025
Ayrim hududlarda harorat nol darajagacha pasayadi. Bog‘dorlar va dehqonlar nima qilishi kerak?

21:31 / 11.04.2025