Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chirchiqda mikroavtobus BTR bilan to‘qnashib ketdi, halok bo‘lganlar bor

Foto: 1news.uz
11 iyul kuni ertalab Chirchiqda Chirchiq-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Ssang YONG Istana mikroavtobusi zirhli transportyor (BTR) bilan to‘qnashib ketdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida mikroavtobus yo‘lovchilari – ikki bola halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.
«Kun.uz» ning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani shunday ayanchli fojiaga sabab bo‘lgan. Mikroavtobus avtokarvon sifatida harakatlanayotgan harbiy mashinalar oralig‘iga kirmoqchi bo‘lgan. Qoida bo‘yicha haydovchi avtokarvonni o‘tkazib yuborib, harakatlanishni davom ettirishi kerak edi.
Bir tomondan mikroavtobus haydovchisining qo‘pol xatosi va ikkinchi tomondan BTR (zirhli harbiy mashina)ni boshqarayotgan harbiyning ham yon tomondan harakatga qo‘shilayotgan transport vositasini ko‘rmagani sababli to‘qnashuv yuz bergan.
Mavzuga oid

12:03 / 01.08.2025
Chirchiqda yonilg‘i quyish shoxobchasi salkam 2 mlrd so‘m jarimaga tortildi

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi

19:51 / 02.04.2025