Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoshlar uchun tanlov e'lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Uchtepa tuman Kengashi tomonidan yoshlarning ijodi va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan tanlov e'lon qilindi.
Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida tumandagi iqtidorli yoshlarning Vatan, mustaqillik va ota-ona kabi muqaddas tuyg‘ularni madh etgan eng yaxshi she'r hamda maqolalar tanloviga hujjatlar qabul qilish boshlandi.
Tanlovda ishtirok etish uchun hech qanday cheklovlar qo‘yilmagan.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lganlar yuqoridagi mavzularda o‘z ijod namunalarini O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Uchtepa tuman Kengashiga joriy yilning 10 avgustiga qadar topshirishlari mumkin.
Tanlov g‘oliblarining she'r va maqolalari Mustaqillik bayrami arafasida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” nomli to‘plamda nashr etilishi rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid

07:38 / 18.07.2025
Yoshlar startaplari uchun mablag‘ ajratiladi

09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi

14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

14:35 / 24.06.2025