Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda minglab maktab o‘quvchilari “haqiqiy bo‘lmagan shahodatnomalarni” olishdi

Foto: RIA "Novosti"
Qirg‘iziston maktablarida bir necha ming bitiruvchilar matnida tipografik xato bo‘lgan shahodatnomalarni olishdi. Mamlakat ta'lim vazirligi bu shahodatnomalarni boshqalariga almashtirib berish harakatida, deb xabar qilmoqda RIA Novosti ta'lim vazirligi matbuot xizmatiga asosan.
Iyun oyida bitiruvchilarga shahodatnomalar tantanali ravishda topshirilganidan so‘ng, hujjatdagi o‘zlashtirish tabeliga ega qo‘shimcha joy qirg‘iz tilida xato bilan yozilgani ma'lum bo‘ldi. “Shahodatnomasiz haqiqiy emas”ning o‘rniga, u yerda “shahodatnoma haqiqiy emas” deb yozib qo‘yilgan.
"O‘rta ta'lim haqidagi shahodatnomalarni bosmadan chiqarishda texnik xato yuz berdi. Ayni damda hujjatlar almashtirib berilmoqda", - deya xabar berishgan vazirlikdan.
Vazirlik hozirga qadar 8 mingdan ortiq hujjatni almashtirib berdi, biroq tayyor blankalarning yo‘qligi tufayli OTMlardagi qabul kampaniyasi oxiriga qadar barcha bitiruvchilarga matni to‘g‘ri bo‘lgan hujjatlarni berishga ulgura olinmaydi.
Mavzuga oid

19:26 / 01.08.2025
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025