Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Neymar hammasini oldindan rejalashtirgandi: Alves u tufayli «PSJ»ga kelgan

«PSJ»ning yangi futbolchilaridan biri, braziliyalik himoyachi Dani Alves Parijga hamyurti Neymar maslahati bilan qo‘shilganini tan oldi. Alves «Yuventus»dan ketishdan oldin yangi klub tanlash borasida hamyurti bilan maslahatlashgan.
«Men Neymar bilan turli imkoniyatlarni muhokama qildim. U menga bu yerga kelishni maslahat qildi. Men «Yuventus»ni tark etmoqchiligimni aytganimda, u «PSJ»ga o‘tmoqchiligini aytgandi.
Bizning jamoa juda yaxshi. Bu moslashuvni osonlashtiradi. Neymar juda baxtiyor va biz uni quchoq ochgancha qarshi oldik. U kerakli joyga kerakli vaqtda keldi», deb aytgan Alves.
Dani Alves «Yuve» uchun bir mavsum o‘ynagach, o‘tgan oyda klub bilan shartnomani bekor qilgan va erkin agent sifatida «PSJ»ga yo‘l olgandi.
Qayd etish kerakki, u avvaliga «Manchester Siti»ga yo‘l olishi kutilgan, oxirgi soatlarda qarorini o‘zgartirib, Parijda paydo bo‘lgandi.
Mavzuga oid

12:14 / 14.07.2025
Enrike o‘yindan keyingi janjalga aralashdi va raqib futbolchisini urib yiqitdi

02:13 / 14.07.2025
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi

17:41 / 13.07.2025
Yozning asosiy o‘yini: «PSJ» va «Chelsi» klublar mundiali finalida to‘qnashadi

08:07 / 10.07.2025