Shimoliy Koreya yangi raketa sinovini qachon o‘tkazishi mumkinligi ma'lum

Foto: AP
Shimoliy Koreya qit'alararo ballistik raketani mamlakat g‘arbiy qirg‘oqlariga navbatdagi parvozni amalga oshirish uchun olib o‘tmoqda, deb xabar beradi Asia Business Daily manbalarga asosan.
«Razvedka ma'lumotlariga muvofiq, Shimoliy Koreya oltinchi yadro sinovidan bir kun o‘tib, 4 sentabr kuni bitta qit'alararo ballistik raketani harakatlanuvchi uchirish qurilmasida g‘arbiy qirg‘oqqa olib o‘tishni boshladi», - deya xabar matnini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, yangi raketa sinovi KXDR tashkil etilgan kun – 9 sentabrda amalga oshirilishi mumkin.
Mavzuga oid

08:09
KXDR o‘z qo‘shinlarining Rossiya-Ukraina urushida qatnashganini tasdiqladi

10:16 / 08.04.2025
Kim Chen In Shimoliy Koreyada ilk kompyuter o‘yinlari klubini ochib berdi

11:06 / 27.03.2025
Seul: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 3000 askar yubordi

14:08 / 07.02.2025