Guterresh KXDR bo‘yicha Pan Gi Mundan yordam so‘ramoqchi

Foto: RIA "Novosti"
BMT bosh kotibi Antoniu Guterreshning ma'lum qilishicha, KXDR atrofidagi vaziyatga yechim topishda vositachi bo‘lishga, shuningdek, bu masalaga o‘zidan avvalgi bosh kotib Pan Gi Munni jalb qilishga tayyor.
«Men Pan Gi Mun bilan bog‘lanish niyatidaman. Mening xodimlarim uning avvalgi jamoasidagi qator a'zolar bilan bog‘lanishdi. Uning maslahatlari va bilimlari bu vaziyatda menga yordam berishi mumkinligiga ishonmoqdaman», - deya Guterreshning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta'kidlashicha, tashkilotning sobiq rahbari barcha hurmat qiladigan shaxs bo‘lib, uning istalgan tashabbusi ma'qullanadi.
Bundan tashqari, Guterreshning ma'lum qilishicha, KXDR bilan bog‘liq vaziyatga yechim topishda «o‘zining xizmatlarini taklif etishga» tayyordir.
«Tomonlar o‘rtasida vositachi bo‘lish mumkin, biroq tomonlar faqatgina bunga kelishib olishi kerak. Oldin ham aytgandim, siyosiy yechim uchun barcha kerakli narsani qilishga tayyorman», - deya ta'kidlab o‘tdi BMT bosh kotibi.
Avvalroq KXDR BMT Xavfsizlik Kengashining sanksiyalarini butunlay rad etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

21:51 / 15.04.2025
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda

00:15 / 15.04.2025
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi

11:58 / 09.04.2025