Dow Jones va S&P 500 rekord ko‘rsatkichlarga yetdi

Foto: AP
Amerika fond bozorining Dow Jones va S&P 500 ko‘rsatkichlari 20 sentabr kuni rekord darajaga ko‘tarildi. Bunga AQSh Federal zaxira tizimi (FZT)ning stavkani joriy holatda saqlab qolish va oktabr oyidan aktivlarini qisqartirishini e'lon qilishi asos bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Xususan, Dow Jones sanoat indeksi 0,19 foizga ko‘tarilib — 22412,59 punktga yetgan bo‘lsa, yuqori texnologiyali kompaniyalar indeksi NASDAQ 0,08 foizga pasayib, 6456,04 punktgacha tushgan. Keng bozordagi vaziyatni ko‘rsatuvchi S&P 500 o‘z qiymatiga 0,06 foiz qo‘shgan va 2508,24 punktni tashkil etgan.
FZTning ochiq bozorlar bo‘yicha qo‘mitasi sentabr oyidagi majlisi natijasida asosiy foiz stavkasini yillik 1-1,25 foiz miqdorda saqlab qoldi. Eslatib o‘tamiz, FZT 2017 yilda bu stavkani 2 marta o‘zgartirdi.
Bundan tashqari, qo‘mita oktabr oyidan o‘z balansidagi aktivlarni qisqartirishga qaror qildi.
Mavzuga oid

12:18 / 22.04.2025
Tramp Markaziy bank rahbarini tanqid qilgach, AQSh fond bozori quladi

21:00 / 17.04.2025
Tesla aksiyalari xavotirli ko‘rsatkichgacha pasaydi

21:31 / 04.04.2025
Xitoyning AQSh bojlariga javobi fond bozorlaridagi pasayishni davom ettirdi

22:03 / 03.12.2024