Dunyodagi birinchi “dron-poyezdni” sinovdan o‘tkazish boshlandi

Foto: Rio Tinto
Rio Tinto Avstraliya-Britaniya konserni – dunyodagi uchinchi eng yirik tog‘-metallurgiya transmilliy kompaniyasi bo‘lib, ko‘plab mamlakatlarda faoliyat yuritadi. Yuqori darajada ishlashni davom ettirish va zamon bilan hamnafas bo‘lish uchun kompaniya mutaxassislari doimiy ravishda yangi texnologiyalarni sinab ko‘rishadi hamda ularni ishlab chiqarish jarayoniga faollik bilan tatbiq etishadi. Yangiliklardan biri yaqinda Avstraliyaning Pilbara mintaqasida sinovdan o‘tkazilgan boshqaruvchisiz yuk poyezdi bo‘ldi.
Bir necha "dron-yuk poyezdlari" yaratilgan AutoHaul loyihasi avtopilotning dasturiy ta'minoti va boshqa kutilmagan holatlar bilan bog‘liq muammolar tufayli qayta-qayta kechiktirildi, lekin hozirda ishlab chiqaruvchilar 2018 yildayoq boshqaruvchisiz poyezdni yo‘lga qo‘yish niyatidalar. Shu bilan birga, hozircha avtopilotdagi poyezdlar nazoratchi mashinistlar hamrohligida, sostavlar masofadan boshqarilgan holda taxminan yuz kilometr yo‘lni bosib o‘tdi. Mustaqil ravishda ular faqat bir kilometr yurishdi, biroq bu ko‘rsatkich avtopilot barqaror ishlashga qodir ekani va belgilangan vazifani uddalashi mumkinligidan dalolat beradi.
Yuklarni mustaqil ravishda yetkazib berishi mumkin bo‘lgan poyezdlar kompaniyaga ko‘p miqdordagi pullarni tejab qolishni va'da qilmoqda, sababi bortda kishilar bo‘lmasa, to‘xtash, dam olish va tushlik qilishga ham ehtiyoj yuzaga kelmaydi. Aynan shuning uchun “dron-poyezd" o‘z manziliga tezroq yetib kelishi mumkin. Agarda hammasi muvaffaqiyatli amalga oshsa, Rio Tinto dunyodagi birinchi boshqaruvchisiz uzoq masofalarga mo‘ljallangan yuk poyezdini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Mavzuga oid

08:48
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

18:00 / 25.04.2025