Video: Futbolchilar hakamlarni do‘pposlashdi
Hindistondagi havaskorlar o‘rtasidagi chempionat uchrashuvi vaqtida jamoalardan birining futbolchilari bellashuv hakamlariga hujum qilishdi. Hodisa tasvirlangan video sport jurnalisti Shaji Prabxakaranning Twitter-sahifasida e'lon qilindi.
Futbolchilar o‘yin davomida arbitr va uning yordamchilari bilan mushtlasha boshlashgan. Ulardan biri bosh hakamning qorniga oyog‘i bilan zarba bergan. «Bunday insonlar bu chiroyli o‘yinni o‘ynashga loyiq emaslar», - deya yozdi jurnalist ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq Rossiyada futbol sharhlovchisi hakamning qarorlarini o‘ta yuqori ehtiros bilan qabul qilgani va shundan so‘ng o‘yinni sharhlashdan bosh tortgani xabar berilgandi.