Qirg‘izistonning Norin viloyatida militsiya xodimi hamkasbini otib qo‘ydi
Qirg‘izistonning Norin viloyati ichki ishlar boshqarmasining navbatchilik qismida bir militsiya xodimi hamkasbini otib qo‘ydi. Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Norin shahri bo‘yicha qo‘riqlash xizmati navbatchilik qismining qurol saqlanadigan xonasida 1991 yilda tug‘ilgan militsiya katta serjanti taxminan soat 18.15da o‘ziga biriktirilgan AKSU avtomatini topshirish vaqtida ehtiyotsizlik tufayli o‘z hamkasbi – militsiya starshinasi Joldoshbek uulu Adilet tomon o‘q uzib yuborgan.
Ta'kidlanishicha, serjant qurolni ko‘zdan kechirayotganda u otib yuborgan. O‘q jabrlanuvchining ko‘kragiga tekkan. U olingan jarohat tufayli voqea joyida jon bergan.
Ikkala militsiya xodimi ham Norin viloyati qo‘riqlash xizmatida ishlashgan. Ular xizmatdan keyin qurolni topshirayotgan bo‘lganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, o‘q tasodifan otilib ketgan.
Voqea tergov qilina boshlangan, uning barcha tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:30 / 17.04.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentiga sud hukmi o‘qildi

18:56 / 17.04.2025