Saratovda O‘zbekiston fuqarosi Suriyaga jo‘nab ketish uchun jangarilarni yollagan

Foto: vzsar.ru
Rossiyaning Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarosi Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilish niyatida bo‘lgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda RF Federal xavfsizlik xizmatining mintaqaviy boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, 24 yoshli ayblanuvchi Suriyaga noqonuniy qurolli tuzilma safiga borib qo‘shilish uchun jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rgan. U internetda bu borada o‘ziga hamrohlar izlagan.
Erkak Rossiya FXXning Saratov viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Tintuv chog‘ida uning shaxsiy buyumlari orasidan ekstremistik adabiyot topilgan. Ayblanuvchi o‘z aybini tan oldi, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
"O‘zbekiston Respublikasining 1993 yilda tug‘ilgan fuqarosiga nisbatan RF JKning 2 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi", - deyiladi xabarda.

Mavzuga oid

23:45 / 13.05.2025
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi

19:01 / 07.05.2025
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters

12:44 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?

16:44 / 02.05.2025