Kun trollingi. Endi «Manchester Siti» futbolchilari Mourino«avtobus»i haqida kuylashdi (video)
«Manchester Siti» futbolchilari Angliya premer-ligasining «Tottenhem»ga qarshi uchrashuvidan (4:1) keyin kiyim almashtirish xonasida «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourinoning «avtobus»i haqida qo‘shiq kuyladi.
G‘alaba tantana qilinayotganda olingan video «shaharliklar» himoyachisi Benjamen Mendi tomonidan olingan bo‘lib, uning tanishlaridan biri tasvirlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» bir hafta muqaddam, «Manchester Yunayted» uyiga safar uyushtirib, 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi.
Uchrashuv yakunlangach, ikkala jamoa murabbiy va futbolchilari orasida tortishuvlar kuzatilgandi. «MYu» bosh murabbiyi Joze Mourino «Manchester Siti» futbolchilarini raqibga nisbatan hurmatsizlikda ayblagan va g‘alabani baland ovozlarda nishonlamasliklarini so‘ragandi.
Mavzuga oid

07:53 / 23.04.2025
«Siti» so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketdi, «Barsa» 40 ta zarbadan bitta gol urdi. Kun o‘yinlari

12:08 / 13.04.2025
«Siti»da superkambek, «Barsa» nursiz o‘yinida ham g‘alaba qozondi. Kun o‘yinlari

12:32 / 07.04.2025
Shomurodov «Roma»ni qutqardi, «Liverpul» yutqazdi. Kun o‘yinlari

16:52 / 04.04.2025