Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egey dengizida qochqinlar o‘limi soni 85 foizga kamaydi

Foto: Haberturk
Egey dengizini kechib o‘tish vaqtida halok bo‘lgan muhojirlar soni bir yil ichida 85 foizga kamaydi.
2015 yil dengizda 806 qochqin, 2016 yilda 434 qochqin o‘lgan bo‘lsa, 2017 yilda bu son 61 nafarni tashkil qilgan.
Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda 1 mln ga yaqin odam Egey dengizi orqali Yevropaga noqonuniy yetib kelmoqchi bo‘lgan.
Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati va mamlakatning boshqa xavfsizlik tuzilmalarining birgalikda sa'y-harakatlari tufayli noqonuniy muhojirlarning ko‘chishiga qarshi kurashda ancha muvaffaqiyatga erishilgan.
Bu choralarning barchasi dengizda qochqinlar o‘limlari sonining kamayishiga olib kelgan.
Turkiya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati umumiy hisobda 3066 ta reyd o‘tkazgan. Bu reydlar davomida ko‘plab odam savdogarlari qo‘lga olingan.
2016 yilda Turkiyadan Gretsiyaga qochqinlarni noqonuniy o‘tkazishni yo‘lga qo‘ygan 118 nafar, 2017 yilda esa 171 nafar kishi qo‘lga olingan.
Mavzuga oid

13:08 / 25.07.2025
Rossiyalik erkak Gretsiyada 118 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

09:02 / 24.07.2025
Moldovadan qochgan oligarx Plaxotnyuk Gretsiyada ushlandi

17:34 / 07.07.2025
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi

21:51 / 30.06.2025