«Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish bo‘yicha Davlat qo‘mitasining qarori bilan «Reklamani joylashtirish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
Qarorga kiritilgan o‘zgartirishlar ko‘ra, qaror preambulasidagi «va O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq» so‘zlari «O‘zbekiston Respublikasining «Reklama to‘g‘risida»gi qonunini amalga oshirish choralari to‘g‘risida» so‘zlari bilan almashtirildi.
Nizomdagi 6, 7 va 13-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. 40-bandning «b» bandostida «sifat» so‘zi «muvofiqlik» so‘zi bilan almashtirildi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgartirishlar Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlik, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, «O‘zstandart» agentligi, O‘zbekiston Respublikasining Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan muvofiqlashtirilgan.
Mavzuga oid

12:49 / 31.03.2025
O‘zbekiston prezidenti uchta xalqaro shartnomani tasdiqladi

11:20 / 27.03.2025
Nega qabul komissiyasi qarorlari yopiq saqlanadi? – mas’ullar izohi

15:20 / 05.03.2025
O‘zbekistonda anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

13:51 / 28.02.2025