Jahon | 00:30 / 30.01.2018
10659
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada yong‘oqlar mashinalar ustiga tushishiga ruxsat berildi

Foto: Aleksandr SHCHerbak / «Kommersant'»

Germaniyada yong‘oqlar mashinalar ustiga tushishiga ruxsat berildi. Bu haqda The Local portalida ma'lum qilingan. 

Frankfurt okrug sudi qo‘shnisidan uning hovlisida o‘suvchi yong‘oq daraxti zarar yetkazgani uchun 4 ming yevro undirmoqchi bo‘lgan ayolning da'vosini rad etdi. Ayolning so‘zlaricha, yong‘oq daraxtining shoxlari va yong‘oqlari 2013 yil oktabrdagi kuchli shamol vaqtida ayolning mashinasi ustiga tushgan va buning oqibatida mashina kapotida pachoqlar paydo bo‘lgan.   

Javob beruvchining aytishicha, daraxt shoxlari “jabrdiyda” ayolning hovlisiga 1,5 metr ichkariga shoxlab ketgan. Erkakning ta'kidlashicha, u o‘z tomonidagi daraxt shoxlarini kesib turgan.   

Oqibatda sud ayol o‘z e'tirozini qo‘shnisiga emas, balki daraxtlarga bildirishi kerakligi haqidagi fikrga kelgan. Daraxtlar esa “o‘z xatti-harakatlari uchun javob bera olmaydilar, chunki yong‘oqlar tushishi tabiiy holdir”. “To‘kilayotgan yong‘oqlar soladigan xavfni to‘liq bartaraf etishning yagona yo‘li daraxtni kesib tashlash yoki himoyalovchi to‘r bilan o‘rab chiqishdan iborat”, deb qaror chiqargan sud. 

Da'vo qiluvchi ayol pul undirish u yoqda tursin, endi sud xarajatlarini to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Biroq ayol sud qarori ustidan bir oy ichida shikoyat qilishi mumkin.

 

Mavzuga oid