Namunasiz uylarning “namunasi” - 2: kamchiliklar qachon tuzatiladi?
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida 2013-2015 yillarda barpo etilgan namunali uylar, garchi qurilganiga sanoqli yil bo‘lganiga qaramay, uni xarid qilganlarning noroziligiga sabab bo‘layotgani, mutasaddi tashkilotlar muammoni hal qilishda sansalorlikka yo‘l qo‘yayotgani haqida xabar qilgan edik. Ba'zi fuqarolar kamchiliklarni o‘z kuchlari bilan bartaraf etishga urinayotgani xususida fikrlar bildirildi.
Ammo, bu kabi holatlar birgina Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida barpo etilgan namunali uylarda bo‘lgandir, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Yuqorichirchiq tumani “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida barpo etilgan 800 ga yaqin namunali uylar qo‘rg‘onidagi namunali uylarning ham muammosi talaygina ekaniga o‘rganishlarimiz chog‘ida guvoh bo‘ldik.
Yo‘llar asfalt qilinmagan. Biz uchrashgan fuqarolarning so‘zlariga ko‘ra, asfalt qilingani ham takror-takror murojaatlardan so‘nggina amalga oshirilgan. Garchi bu hududdagi Chiqindini tashib ketish xizmati yo‘lga qo‘yilmagani bois, aholi bu muammoni qanday bartaraf etishni hanuz bilmaydi.
“Toza hudud” davlat unitar korxonasining tuman bo‘limi aholining murojaatlariga qaramay, ortiqcha chiqindi tashish mashinasi yo‘qligi vajidan bu muammoni hal etishni paysalga solmoqda.
Bundan tashqari, Ilhom Muhammedov va Saidxo‘ja Shamsiyevning aytishicha, pudratchilar ko‘chalarga yoritqichlarni o‘rnatmagan, aholi o‘z hisobidan pul yig‘ib, yoritqichlar o‘rnatishmoqda.
Biz uylarga uzatilgan elektr simlarining ulanishiga ham e'tibor qaratamiz. Shumi, zamonaviy turar joylarning “namunasi”? Aksariyat uy egalarida kadastr hujjatlari ham yo‘q. Bunga, suhbatdoshlarimizning aytishicha, namunali uylarni qabul qilish jarayonining yakunlanmagani sababdir.
Bu yerda ichimlik suvi muammosi ham bor gap. Aholi vakillariga ko‘ra, shu uylar qurilishi sabab bir necha pudratchi qurilish firmalarining rahbarlari qamalib ketgan. “Bizni ajablantirgan narsa, bir kun qarasam, quruvchilarga ovqat pishirib yurgan oshpazning ham “prorab” bo‘lib olgani bo‘ldi”, - deydi hamsuhbatimiz.
Biz ushbu muammolar girdobidan chiqib, Yuqorichirchiq tumani hokimligiga bordik va hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elyor Rahmonov bilan uchrashdik.
Tuman “Toza hudud” davlat unitar korxonasi mulozimining aytishicha, shu yilning birinchchi choragida bitta chiqindi tashuvchi yuk mashina va traktor xarid qilinadi. Ayni vaqtda 130 minglik tuman aholisiga atigi 6 ta chiqindi tashish mashinasi to‘g‘ri keladi. Bu 20 mingdan ortiq aholiga bitta mashina xizmat qilishini anglatadi.
Yangi xarid qilinishi rejalashtirilgan chiqindi tashish mashinasi aynan “Tinchlik” mahallasiga xizmat ko‘rsatishiga jalb etiladi, deydi mulozim. Uning aytishicha, namunali uylar hududlarida yoki qishloqlarda shaharlardagi chiqindi to‘planadigan punktlarga o‘xshash binolar qurilmasligiga sabab shuki, namunali uylar shaharda barpo etilgan emas. Shu boisdan, aholi chiqindilarni o‘z uylarida maxsus idishda saqlashi, haftaning belgilangan kunida ko‘chaga olib chiqib qo‘yishi talab etiladi. Chiqindi tashuvchi mashina jadval asosida kelib, chiqindilarni o‘zi olib ketadi. Endi yozning issiq kunida chiqindi hovlida bir hafta turishini tasavvur qilib ko‘ring-a?
Xullas, gapning indallosini aytganda, hozircha, tuman hokimiyati nazdida bir jurnalist keldi-yu, ketdi. Go‘yo hammasi risoladagidek. Biroq bizni va xalqni natija qiziqtiradi xolos. Ilk natijani birinchi chorak yakunida ko‘ramiz.
Endi bir masalaga e'tibor qaratsak. Hozirgi vaqtda ham shunday qurilishlar davom etmoqdami, davom etmoqda. Shu o‘rinda ko‘plab savollar g‘ujg‘on o‘ynaydi, ularga javob topishga qiynalib miyamiz shishib ketadi:
Uylarni kim quryapti, ularning tegishli mutaxassisligi bormi? Devorlarga g‘isht terayotganlar malakasi qaydarajada, uylarni tegishli tarmoqlarga ulayotganlar tajribasi-chi? Yangi namunada barpo etilayotgan kottejlar va uylarda ham xuddi shunday qing‘ir ishlar bo‘lmayotganini kim sidqidildan nazorat qiladi? Bizda bormi shunday tashkilot? Bor bo‘lsa, qurilganiga 3-4 yil bo‘lgan uylar ustidan shikoyat qiluvchilar nega juda ko‘p? Qurilish sohasida qachon shaffoflik ta'minlanadi?
Mana, yaqinda Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda shunday qurilishlarga grant ajratishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ular ajratayotgan pullar maqsadli sarflanishini kim kafolatlaydi? Yoinki, yangi namunali uylar qurishni - davlat, xalq pulini o‘marish, sanoqli kishilar cho‘ntagini qappaytirib, bir necha yilga “o‘tirib” chiqib, keyin hech narsa bo‘lmagandek, taralla bedod yurishi mumkin, deb tushunish kerakmi? Afsuski, bu savollarga hozircha javob yo‘q! Yuqoridagi kamchiliklar uchun javobgarlikni zimmasiga oladigan mard ham yo‘q?
Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish
Tavsiya etamiz
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyalik ayol dam olish kuni ishdan bo‘shatilgani uchun 25 ming funt undirib oldi
Jahon | 23:51 / 06.05.2025
-
«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida
Jahon | 23:14 / 06.05.2025
-
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda
Jahon | 23:08 / 06.05.2025
-
6 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:01 / 06.05.2025
Mavzuga oid

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

13:57 / 28.04.2025
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi

07:53 / 23.04.2025