Bemavrid “taralgan” ifor

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
Parfyumeriya va kosmetika vositalarining noqonuniy olib kirilishi, boz ustiga ushbu jarayonda bu kabi tovarlarning tashish qoidalariga umuman rioya etilmasligi yurtdoshlarimiz salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi, shubhasiz.
Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir-yo‘l chegara bojxona posti xodimlari kosmetika va parfyumeriya vositalarining noqonuniy olib kirilishi oldini olishdi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
“Ufa-Toshkent” yo‘nalishida kirib kelgan yo‘lovchi poyezdi vagonlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yo‘lovchilardan biri B.Ziyayevning (maqoladagi ism-shariflar o‘zgartirilgan) yuklari orasida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma'lum qilinmagan 343 dona atir-upalar borligi ma'lum bo‘ldi. Baholash hisobotiga ko‘ra, ularning umumiy qiymati salkam 13,5 mln. so‘mni tashkil etar ekan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom etirilmoqda.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

19:30 / 31.01.2023