Ko‘hna Buxoro osmonida ilk bor havo shari uchirildi.
Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi hamda bir qator tijorat banklar bilan hamkorlikda yangi loyihaga start berildi. Bu haqda qo‘mita Matbuot xizmati xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, loyiha davomida yana 4 dona havo sharlari sotib olinishi nazarda tutilgan. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi sayyohlarni maftun etish.


Ayni paytda osmonga ko‘tarilgan aerostat shaharga tashrif buyurgan sayyohlarga oddiy yer sathidan 100 metr balandlikda ko‘rinadigan qadimgi Buxoro go‘zalligini tomosha qilish imkoniyatini beradi. Bu joydan yoqimli kadrlarni fotokamera xotirasiga joylash imkoniyati bor.

Mavzuga oid

21:52 / 12.06.2025
Buxoro viloyati hokimi hujjati yo‘q binoni “ichidagi odami bilan ko‘mib tashlash”ni buyurdi

14:04 / 10.06.2025
Buxoroda 2 yoshli bola ikkita tangani yutib yubordi

16:58 / 09.06.2025
Samarqanddagi Tillakori madrasasi restavratsiya qilinadi

17:58 / 03.06.2025