Ukraina Avstraliyaga kosmodrom bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Foto: The West Australia
Ukraina davlat kosmik agentligi Avstraliya g‘arbida kosmodrom qurib berishni taklif qildi. Bu haqda The West Australia xabar bermoqda.
Ukrainaning Avstraliyadagi elchisi Nikolay Kulinich so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada «global kosmik poygada katta tajriba» bor.
Uning bildirishicha, Ukraina «agarda maydoncha bo‘lganida, raketalar uchirishni ertaga ertalabdanoq boshlashi mumkin edi».
«Bu taklif haqiqatga juda yaqin. Biz o‘z mutaxassislarimiz va ekspertlik bilimlarimizni taklif etmoqdamiz. Avstraliyada foydalanish uchun yer bo‘lsa bo‘ldi», - deya aytib o‘tdi Kulinich.
Mavzuga oid

19:59 / 25.04.2025
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi

18:33 / 25.04.2025
MRB direktori o‘rinbosarining o‘g‘li Ukrainada halok bo‘lgan. U Rossiya tomonida turib jang qilgan

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

13:33 / 25.04.2025