Afg‘oniston muammosiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘yicha matbuot anjumani boshlandi

Foto: Xalqaro press-klub
Toshkentdagi Simpoziumlar saroyida Afg‘oniston muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyasi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
«Tinchlik jarayoni xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiyada Rossiya, YeI, AQSh, Xitoy, qo‘shni davlatlarning yuqori lavozimli vakillari ishtirok etadi.
Matbuot anjumani ochilish marosimida so‘zga chiqqan Konferentsiya matbuot markazi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘jayevning ma'lum qilishicha, mazkur konferensiyani yoritish maqsadida 300ga yaqin OAV vakillari ro‘yxatdan o‘tgan. Ular orasida The New York Times, Jenmin Jibao, NHK va BBC kabi yirik xalqaro axborot agentliklari, nashrlar va telekanallar bor.

Bugungi matbuot anjumanida Vladimir Norov, Eldor Oripov, Sherzod Abdullayev va Otabek Akbarov kabi yirik mutaxassislar va ekspertlar ishtirok etmoqda.

Xalqaro konferensiya doirasida «O‘zbekiston va Afg‘oniston xalqlarining tarixiy-madaniy yaqinligi», «O‘zbek-Afg‘on munosabatlari: dinamik taraqqiyotning yangi bosqichi», «Afg‘onistondagi ziddiyat tarixi va uni tinch yo‘l bilan hal etish bo‘yicha xalqaro tashabbuslar» kabi mavzularda sessiyalar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025