Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Uning qarshisida zaif ko‘rinmaslik kerak»

Foto: Vincent Kessler / Reuters
AQShga tashrifi oldidan Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Amerikaning Fox News telekanaliga intervyu berdi. U Rossiya va ushbu mamlakat prezidenti olib borayotgan siyosatga munosabatini bildirib o‘tgan. AFP va Franceinfo nashrlari intervyudan parchalar e'lon qilgan.
Jurnalist Kris Uollisning savollariga javob berar ekan Emmanyuel Makron Vladimir Putinni «kuchli shaxs» deya ta'riflagan va «hech qachon uning qarshisida zaif ko‘rinmaslik» kerakligini ta'kidlagan: «Agar kuchsiz ko‘rinsangiz, u bundan albatta foydalanadi... U kuchli, aqlli va anoyi emas.
Vladimir Putin «hammayoqqa aralashadi, Yevropada, Qo‘shma Shtatlarda demokratiyaga zarar keltirishga harakat qiladi, u buni o‘z mamlakati uchun yaxshi deb hisoblaydi», degan u.
U yana shunday qo‘shimcha qilgan: «U Buyuk Rossiyani istaydi. Rossiyaliklar uning siyosati bilan mag‘rurlanishadi. U kamchilikka va o‘z raqiblariga favqulodda ravishda toqatsiz, uning g‘oyalari demokratiyaga begona». Shu bilan birga janob Makron «u bilan doimiy aloqalarda» bo‘lib turishini qo‘shimcha qilgan: «Men uni hurmat qilaman. Men uni bilaman. Men uni hushyorlik bilan baholayman».
Mavzuga oid

09:45 / 02.08.2025
Putin sud qarorisiz rossiyaliklarning hisobraqamini bloklashga ruxsat berdi

07:31 / 02.08.2025
Putin ekstremistik materiallarni qidirganlik uchun jarima joriy qildi

20:34 / 01.08.2025
Putin va Lukashenko skameykada o‘tirib intervyu berdi

20:07 / 01.08.2025