Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Obamani Rossiyaga taklif qildi

Foto: TASS /Vyacheslav Prokofev
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev AQSh sobiq prezidenti Barak Obamani Rossiyaga kelishga va «bo‘laklarga bo‘lib tashlangan» Rossiya iqtisodiyotini ko‘rib ketishga taklif qildi. Bu haqda RF vazirlar mahkamasi saytida xabar berilgan.
«Barak Obama bizga kelishni xohlamayapti. U bizga iqtisodiyotimiz bo‘laklarga bo‘linib tashlashi haqida va'da bergandi. Kelsin, bu bo‘laklarni ko‘rib ketsin», - dedi Medvedev.
Shuningdek uning ta'kidlashicha, Rossiya o‘ziga qarshi joriy etiluvchi sanksiyalarga reaksiya bildirish vositalarini ishlab chiqdi hamda stress-testdan o‘tdi.
«Biz bunga bardosh berdik. Iqtisodiyot tirik, ijtimoiy soha rivojlanyapti», - degan Medvedev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya barbod bo‘lishi taxmin qilingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

13:18 / 02.08.2025
Tramp: «Medvedevga aytinglar, tilini tiyib yursin»

23:12 / 01.08.2025
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi

19:09 / 31.07.2025
Tramp va Medvedev ijtimoiy tarmoqlarda tortishib qoldi

07:29 / 25.07.2025