Rim papasining Lamborghini mashinasi 715 ming yevroga sotildi

Foto: AP / L'Osservatore Romano
Rim papasi Frantsisk uchun maxsus yaratilgan Lamborghini Huracan mashinasi Sotheby's auksionida 715 ming yevroga sotildi. Auktsion 12 may kuni bo‘lib o‘tgan.
Ushbu avtomobil Lamborghini kompaniyasi tomonidan yagona nusxada, Vatikanning an'anaviy ranglarida tayyorlangan va konsern rahbariyati tomonidan pantifikka 2017 yil noyabrida taqdim qilingandi. Mashina papa yashaydigan Vatikandagi Apostollik saroyi binosi oldiga olib kelingan. Mashinani papaga topshirish marosimida Lamborghini’ning prezidenti Stefano Domenikali va boshqa yuqori lavozimli xodimlari hamda avtomobilning yaratilishiga o‘z hissalarini qo‘shgan ikki ishchi ishtirok etgan.
Rim papasi mashinaga o‘z dastxatini qo‘ygan. O‘shandayoq mashina auksionda sotilib, olingan pullar xayriya ishlariga yo‘naltirilishi ma'lum qilingandi.
Lamborghini xabarida aytilishicha, savdodan tushgan barcha pullar papaga topshiriladi. Papa bu pullarni 4 ta xayriya jamg‘armasi o‘rtasida taqsimlashga qaror qilgan.

Lamborghini Huracan’ning seriyali variantining narxi 183 ming yevrodan boshlanadi.
Mavzuga oid

14:20 / 23.04.2025
Urushni muzlatmoqchi bo‘layotgan Putin va Trampga qarshi chiqqan AQSh universitetlari - kun dayjesti

13:04 / 22.04.2025
Isroilning asl maqsadi, vafot etgan Rim papasi va Ukraina urushidan charchagan AQSh - kun dayjesti

01:05 / 22.04.2025
Vatikan Rim papasining o‘limi sababi va uning vasiyatini e’lon qildi

13:30 / 21.04.2025