Chilonzor tumani sobiq hokimi «Suvsoz» DUK boshqaruvchisi etib tayinlandi
Toshkent shahar hokimligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Tohir Sharapovich Mirhidoyatov “Suvsoz” Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati
Bunga qadar Tohir Mirhidoyatov “Toshkent agro zaxira xizmat” Davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
T.Mirhidoyatov 1960 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1982 yilda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutini tamomlagan. 2003-2012 yillarda «Suvsoz» Davlat unitar korxonasi boshqaruvchisi, 2012-2015 yillarda Qurilish va investitsiya dasturlari departamenti boshlig‘i, 2015-2017 yillarda Toshkent shahar Chilonzor tumani hokimi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qahramon Oripov Toshkent shahar hokimiga birinchi o‘rinbosar bo‘lgani xabar berilgandi.
Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi tashkiliy nazorat guruhiga ham yangi rahbar tayinlandi.
Mavzuga oid

11:18 / 22.04.2025
“5 ta mashina bilan to‘qnashgan” – Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

10:28 / 21.04.2025
Toshkentda 10 dan ortiq mashinani urib ketgan Gentra'da bo‘lgan 3 kishi qamaldi

17:33 / 20.04.2025
«5-6 ta mashinani urdik». Toshkentda YPXdan qochgan qora Gentra bo‘yicha qo‘shimcha tafsilotlar ma’lum qilindi

22:10 / 19.04.2025