Indoneziyalik ikki qizcha katta bo‘g‘ma ilonga “minib oldilar” (video)
Internetda chamasi 5-7 yoshda bo‘lgan ikki indoneziyalik qizcha sekin sudralib ketayotgan katta bo‘g‘ma ilon ustiga “minib”, u bilan birga bir necha metr yurib o‘tganlari tasvirlangan video paydo bo‘ldi. Bu haqda RG Digital nashri xabar bermoqda.
Videoda ilon uning ustiga o‘tirib olgan qizchalarni go‘yoki sezmagan holda beparvo sudralishda davom etib, qizchalardan hattoki “qutulishga” harakat qilmayotganini ko‘rish mumkin. Videoda qizchalarning xursandligini ko‘rib, ular bunday “ko‘ngilxushlik”ni birinchi marta sodir etmayotganlari haqidagi fikrga kelish mumkin.
Foydalanuvchilar o‘z izohlarida ilonning bunday osoyishtaligi sirini aniqlashga harakat qilib, suratga olish vaqtida uning qorni to‘q bo‘lgan, degan xulosaga kelishgan.
Mavzuga oid

22:01 / 23.04.2025
Indoneziyada bomba haqida hazil qilgan ayol reysdan tushirib qoldirildi

15:01 / 16.04.2025
Indoneziya mamlakatda Rossiya harbiy bazasi bo‘lishini rad etdi

16:11 / 12.04.2025
Apple Indoneziyada smartfon sotishga ruxsat oldi

23:25 / 21.03.2025