Germaniya tarixi muzeyidan KUN.UZ fotoreportaji

Germaniyaning Deutsche Welle teleradiokompaniyasi tashabbusi bilan Bonn shahrida Global media forum (Global Media Forum) tashkil etildi. Unda KUN.UZ muxbiri ham qatnashib, anjuman doirasida Germaniya tarixi muzeyida ham bo‘ldi.
GFRning sobiq poytaxti Bonn shahrining qoq markazida joylashgan muzey mamlakatning 1945-yildan keyingi tarixiga bag‘ishlangan. Unda fashizm dahshatlari, o‘tgan asrning 40-yillari hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin mamlakatning ikkiga bo‘linishi bilan bog‘liq nomaqbul siyosat asoratlari va Germaniyaning birlashishi haqida hikoya qiluvchi ko‘plab tarixiy ashyolar, eksponatlar bilan tanishish mumkin.
Muzeyda saqlanayotgan buyumlar bilan tanishar ekansiz, bevosita o‘sha mash'um urush davridan keyingi hayot qanday bo‘lgani haqida tasavvvur paydo bo‘la boshlaydi. Qolaversa, mamlakat birlashuviga oid eksponatlarda tarixiy kurash samarasi aks ettirilgan. Quyida mazkur tashrif chog‘ida olingan fotosuratlar bilan tanishish imkoniga egasiz.
Tolib Rahmatov,
Kun.uz jurnalisti
Mavzuga oid

17:31 / 28.04.2025
Toshkentda 5 kishiga Germaniya vizasi olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

11:41 / 17.04.2025
138 nafar Afg‘oniston fuqarosi bo‘lgan yana bir reys Germaniyaga yetib keldi

21:45 / 16.04.2025
Germaniyada shifokor 15 nafar bemorni o‘ldirganlikda gumonlanmoqda

15:51 / 16.04.2025