Osiyo o‘yinlari. O‘zbekistonlik 3 kurashchi yarim finalga chiqdi, yana 3ta medal naqd

Foto: Hasan Pirmuhammedov
Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida o‘zbek milliy kurashi bo‘yicha bahslar davom etmoqda.
O‘zbekiston kurashchilar jamoasining bugungi bahslardagi 4 nafar vakilidan 3 nafari chorak finalda ishtirok etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
-63kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Muxlisa Abdumalikova chorak finalda Xitoy Taypey vakili Li Vantinni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
Shu vazn toifasidagi Dildor Shermetova ham chorak finalda Xitoy Taypey vakiliga qarshi gilamga chiqib, 5:0 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Endi Dildor Ro‘zmetova yarim finalda indoneziyalik Shifa Hasaniy Najmu bilan, Muxlisa Abdumalikova esa mo‘g‘ulistonlik Bayarbat Basanjargal bilan bellashadi.
-81 kg vazn toifasidagi Sarvar Shomurodov esa chorak finalda tojikistonlik Akmal Murodovni mag‘lubiyat etib, yarim finalga o‘tdi. U final yo‘llanmasi uchun eronlik Ilyos Ali Akbariga qarshi gilamga chiqadi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik uch kurashchi Osiyo o‘yinlarida yana 3 medalni naqd qildi.
Mavzuga oid

16:40 / 14.01.2025
Sport kurashlari assotsiatsiyasida Salim Abduvaliyevning o‘rniga yangi rahbar saylandi

12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi

10:57 / 25.11.2024
Mo‘g‘ulistonda o‘zbek kurashi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi

08:35 / 24.05.2024