Tramp AQSh bosh prokurorini ishdan haydash fikridan hozircha qaytdi

Foto: Pablo Martinez Monsivais/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp adliya vaziri va Qo‘shma Shtatlar bosh prokurori Jyeff Seshnsni ishdan bo‘shatish haqidagi fikrini o‘zgartirdi. Bu haqda The Washington Post ma'muriyatdagi manbalariga asoslanib yozmoqda.
Manbalar so‘ziga ko‘ra, Trampning yordamchilari uni Seshnsni ishdan bo‘shatish muddatini keyinga qoldirishga ishontirishgan, sababi maxsus prokuror Robert Myullerning Rossiya aralashuvi bo‘yicha surishtiruv ishlari hali to‘liq yakunlanmagan.
Shuningdek, nashrning bildirishicha, Seshns noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan mamlakat kongressiga oraliq saylovlardan so‘ng vazifasidan ozod etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Makron Trampga munosabatini o‘zgartirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

19:40
Tramp migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishni buyurdi

14:48
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda

14:04
Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

23:29 / 14.06.2025