Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kartoshka olib kirish bo‘yicha norasmiy taqiqqa izoh berdi
O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Qirg‘izistondan kartoshka olib kirishga qo‘yilgan norasmiy taqiqni 2018 yil 29 avgust kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida izohladi, deya xabar beradi Tazabek.

«Avvalo, bu savdo-iqtisodiy masaladir va tegishli idoralar darajasida muhokama qilinishi kerak. Kartoshkani olib kirishga keladigan bo‘lsak, unda O‘zbekistonda qiyin paytlar bo‘lgan hamda biz boshqa mamlakatlardan, shu jumladan, Qirg‘izistondan import qildik. Ammo hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sektori rivojlanmoqda va mamlakat boshqa mamlakatlarga kartoshka eksport qilmoqda», - dedi u.
Avvalroq, 2018 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Qirg‘iziston fuqarolarining soni 500 ming kishini tashkil etgani xabar qilingandi.
«O‘ylashimcha, bu yil Qirg‘izistonga tashrif buyurgan O‘zbekiston fuqarolarining soni ham shunday - yarim million», - dedi elchi.
Mavzuga oid

19:45 / 02.08.2025
Qirg‘iziston chegara o‘tkazish punktlarida qisqa muddatli navbatlar yuzaga kelishi mumkin

19:26 / 01.08.2025
Qirg‘izistonda 1 sentabrdan yo‘llarda haydovchilarning qoidalar bo‘yicha bilimini tekshirish boshlanadi

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025