Rossiyaning Malayziya «Boing»i bo‘yicha taqdim etgan hujjatlarida nomuvofiqliklar aniqlandi
Rossiya mudofaa vazirligining 2014 yilda Donbassda Malayziyaga qarashli «Boing» urib tushirilgan raketa bo‘yicha taqdim etgan hujjatlarda nomuvofiqliklar mavjud, deb yozmoqda «Novaya gazeta».
Ma'lum qilinishicha, 8869032 raqamli dvigatelning «tiklangan asl formulyari»da hujjat nusxasining yaratilish sanasi 1986 yil 14 yanvar deb ko‘rsatilgan. Mahsulotning tayyorlanish sanasi esa o‘sha yilning 24 dekabri deb ko‘rsatilgan. Jurnalistlarning fikricha, sanalardagi farq hujjat dastlab «Boing» urib tushirilgan raketaga daxldor bo‘lmaganligini va keyinroq tahrir qilinganligini bildiradi.

Bundan tashqari, nashrning e'tibor qaratishicha, «mahsulot hujjati»da raketaning seriya raqamlari qolgan raqamlarga nisbatan boshqacha yozilgan. Gazetaning yozishicha, so‘nggi ikki raqam yozilishida ochroq rangdagi bo‘yoq ishlatilgan. Jurnalistlar ushbu hujjatni yozuvni aniqlaydigan ekspertlarga ko‘rsatishni rejalashtirishgan.
17 sentabr kuni Rossiya mudofaa vazirligi Donbassda Malayziya havo yo‘llariga qarashli Boeing 777 samolyoti halokati bo‘yicha brifing o‘tkazdi.

Unda ma'lum qilinishicha, fojia yuz bergan joyda topilgan bo‘laklar orqali raketaning bort raqamini aniqlashga muvaffaq bo‘lingan. Raketa 1986 yilda Dolgoprudniydagi ilmiy-ishlab chiqarish korxonasida ishlab chiqarilgan.
Vazirlikning raketa-artilleriya bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Nikolay Parshinning so‘zlariga ko‘ra, raketa 1986 yil dekabrda Prikarpat harbiy okrugi tarkibida bo‘lgan Ukraina SSR Ternopol oblastida joylashgan 223-zenit-raketa brigadasiga jo‘natilgan.
Keyinchalik 223-brigada 223-zenit-raketa polki deb nomlana boshlagan va hozirda Striy shahrida (Ukraina) joylashgan.
Mavzuga oid

08:35 / 14.04.2025
Malayziya O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlar qurishi mumkin

13:31 / 10.04.2025
Malayziya O‘zbekistondan qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishga qiziqish bildirmoqda

13:57 / 07.04.2025
Malayziya O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyalarini qurishga investitsiya kiritadi

11:29 / 05.04.2025