Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda navbatdagi fojia: kamida yetti nafar bola halok bo‘ldi

Foto: REUTERS
Afg‘onistonning shimoliy hududida sodir bo‘lgan mina portlashi oqibatida kamida yetti nafar bola nobud bo‘ldi, yana besh nafari jiddiy jarohat olgan. Bu Afg‘onistonning Tolo News telekanali tomonidan hukumatdagi manbalarga asosan xabar berdi.
Taxminlarga ko‘ra, jangarilar maqsadi huquq-tartibot organlari xodimlari bo‘lgan, lekin buning o‘rniga bolalar minada portlab ketishdi.
Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, ikki nafar bola og‘ir ahvolda qolmoqda.
O‘z navbatida, «Sinxua» agentligining afg‘on politsiyasiga tayanib xabar berishicha, sakkiz bola halok bo‘lgan.
Voqea 21 sentabr, juma kuni kechqurun Afg‘oniston shimolidagi Faryob viloyatida sodir bo‘ldi. Mamlakat politsiyasidan bildirishlaricha, terakt «Tolibon» terrorchilik guruhi vakillari tomonidan uyushtirilgan, ammo jangarilar mas'uliyatni o‘z zimmalariga olmaganlar.
Mavzuga oid

22:40 / 28.07.2025
Rossiya Tergov qo‘mitasi «Krokus» terakti tashkilotchilarini aniqladi

18:47 / 21.07.2025
«Krokus Siti Holl» terakti bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025