Eronda terakt qurbonlari xotirasiga motam e'lon qilindi

Foto: AFP
Eron hukumati Ahvoz shahridagi harbiy paradda sodir etilgan terakt qurbonlari xotirasiga 24 sentabrni motam kuni deb e'lon qildi. Terakt oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan.
“Eron hukumati Xuziston viloyatining jasur odamlari va voqea oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlarning aziyat chekayotgan oilalariga hamdardlik bildiradi hamda qurbonlarning dafn kunini motam kuni deb e'lon qiladi”, deb aytilgan hukumat bayonotida.
Ahvozdagi terakt 22 sentabrda sodir etilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, parad ishtirokchilarining jangarilar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 28 kishi halok bo‘lgan, 60 kishi yaralangan. Terakt uchun javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan aloqaga ega bo‘lgan “Ahvozdagi vatanparvar arab demokratik harakati” o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid

21:42
Eronning ajalvor hujumi va Tehronda navbatdagi portlashlar. Urushning uchinchi kunidagi asosiy voqealar

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46