Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vaziri: «Bizga Rossiya bilan diplomatik aloqalar kerak emas»

Foto: Global Look Press
Ukraina tashqi ishlar vazirligi rahbari Pavel Klimkinning aytishicha, u Rossiya tomoni bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatish tarafdoridir. Bu haqda vazir «1+1» telekanali efirida ma'lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda Ukraina Rossiya bilan «48ta ikki tomonlama bitimni o‘ldirdi» hamda yana qariyb 40tasini bekor qilmoqchi.
«Mening fikrimcha, shaxsan va ruhiy jihatdan, bizga Rossiya Federatsiyasi bilan diplomatik aloqalar umuman kerak emas», - dedi Klimkin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, shu bilan birga, Rossiya hududidagi ukrainaliklar haqida unutmaslik kerak. Klimkinning aniqlik kiritishicha, Rossiyada qariyb 3,5 million ukrainalik bor. Bundan tashqari, ikki davlat o‘rtasida chegarani kesib o‘tish ko‘rsatkichining o‘sishi ham kuzatildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Putin haqida ochiq gapirgandi.
Mavzuga oid

10:52
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49 / 02.08.2025
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56 / 02.08.2025