Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko nima uchun Ukraina kemalari Kerch bo‘g‘ozini kesib o‘tganini aytdi

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko mamlakat harbiy kemalari nima maqsadda Mariupolga Kerch bo‘g‘ozi orqali yuborilganiga aniqlik kiritdi. Bu haqda UNN xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kemalar ushbu yo‘ldan shu sababdan ketganki, agar ular quruqlikdan olib o‘tilganida, bu Kerch bo‘g‘ozi Rossiyaga tegishli ekanini tan olishni anglatgan bo‘lardi. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, bu «ruslar istilosi» tan olinishini ham bildirardi.
«Kimdir biz boshqa yo‘llardan foydalanib, harbiy kemalarni quruqlikdan olib o‘tishimiz kerakligini aytishmoqda. Hurmatli siyosatchilar, bu nimani anglatadi? Kerch bo‘g‘ozini ruslarga berishni taklif qilmoqchimisizlar?», - dedi Poroshenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pyotr Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinda Rossiya imperiyasini tiklash va Ukrainani egallab olish istagi mavjudligini aytgandi.
«Putin avvalgi Rossiya imperiyasini qaytarmoqchi. Qrim, Donbassni, u butun mamlakatni qaytarib olishni istaydi. U o‘zini Rossiya imperatori sifatida ko‘radi, uning imperiyasi Ukrainasiz ishlashi mumkin emas, deb hisoblaydi. U bizni koloniya deb biladi», - dedi Poroshenko.
Mavzuga oid

10:52
31 iyulga o‘tar kechasi Kiyev uchun yil boshidan buyon eng og‘iri bo‘ldi – fotoreportaj

16:14 / 02.08.2025
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

12:49 / 02.08.2025
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56 / 02.08.2025