Eng ko‘p qidiriluvchi narkobaron yuzini to‘liq o‘zgartirdi, ammo ovozi pand berdi

Foto: EPA
Kolumbiyalik narkobaron Xuan Karlos Ramires Abadiya hibsga olinishdan qochish uchun ko‘plab plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazganini tan oldi. U uzoq vaqt politsiyani “laqillatib” yurishga muvaffaq bo‘lgan, biroq avvalgidek qolgan ovozi unga oxir-oqibat “pand bergan”.
Narkobaron Braziliyaning San-Paulu shahri yaqinida ushlangan. Shimoliy vodiy karteli yetakchisi dunyoda eng qidiriluvchi jinoyatchilardan biri bo‘lgan. AQShning giyohvand moddalar tarqatilishiga qarshi kurashuvchi boshqarmasi uning yashiringan joyi haqidagi ma'lumot uchun 5 mln dollar mukofot puli va'da qilgan. Shunga qaramay, jinoyatchi uzoq yillar yashirinib yurishga muvaffaq bo‘lgan.
Abadiyaning tan olishicha, u o‘z qiyofasini plastik operatsiyalar yordamida tanib bo‘lmas darajagacha o‘zgartirgan. U jag‘i, ko‘zlari, burni, qulog‘i va yonoqlarini to‘liq o‘zgartirgan. Uni eski suratlari bo‘yicha topib bo‘lmagan, biroq u yashiringan joyini tark etmaslikka harakat qilgan va u yerdan turib narkobiznesini boshqargan. Oxir-oqibat politsiya jinoyatchi telefon qo‘ng‘irog‘ini amalga oshirganda uning iziga tushishga muvaffaq bo‘lgan, chunki ovozi yuzidan farqli o‘laroq, o‘zgarishsiz qolgan.
Jinoyatchi AQShga ekstraditsiya qilingan. U o‘zining giyohvand modddalar sotish va ko‘plab qotilliklarni tashkillashtirishda aybdorligini tan olgan. Unga 30 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Mavzuga oid

22:36 / 24.04.2025
Kokainni qonuniylashtirishga chaqirgan Kolumbiya prezidenti giyohvand moddalarga qaramlikda ayblandi

00:05 / 18.04.2025
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi

18:07 / 19.03.2025
Kolumbiya senati prezidentning mehnat islohoti to‘g‘risidagi qonun loyihasini blokladi

18:20 / 29.01.2025