Qozog‘istonda avtobus yo‘lovchilari bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari qutqarildi

Illyustrativ foto
Qozog‘istonning Aqmola oblastida mintaqa favqulodda vaziyatlar departamenti xodimlari tomonidan avtobusning 53 yo‘lovchisi evakuatsiya qilindi, ular yordam haqida so‘rashgan. Bu haqda «Kazinform» xabar bermoqda.
2018 yil 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar tunda ob-havo yomonlashgani sababli, «Petropavlovsk-Sariog‘och» yo‘nalishida harakatlangan va Burabay tumani yonida turib qolgan avtobus yo‘lovchilari Aqmola oblasti favqulodda vaziyatlar departamentiga o‘zlarini isitish punktiga joylashtirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qilishgan.
«Salonda 53 yo‘lovchi bor edi, ularning ko‘pchiligi - O‘zbekiston fuqarolari. Ular Kenesari qishlog‘idagi maktabga joylashtirildi», - dedi Aqmola oblasti favqulodda vaziyatlar departamenti bosh mutaxassisi Duman Daleshov.
Yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan, ularning barchasi oziq-ovqat va yotoq bilan ta'minlandi.
Mavzuga oid

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025