Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Misrga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Su-35/Foto: Grigoriy Sysoyev/RIA «Novosti»
AQSh ma'muriyati yuqori lavozimli vakilining telefon brifingi davomida eslatishicha, Amerika hukumati «Amerika raqiblariga sanksiyalar yordamida kurashish to‘g‘risida»gi qonun doirasida, xorijiy qurollarni sotib olayotgan davlatlarga nisbatan sanksiyalar qo‘llashi mumkin. Vakilning so‘zlari TASS tomonidan keltirilgan.
Vakil AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaga tegishli Su-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olmoqchi bo‘lgan Misrga nisbatan sanksiyalar joriy etish niyatida ekani haqidagi savolga javob qaytarib, shunday bayonot berdi.
«Rossiya qurol-yarog‘ yetkazib berish sohasida ishonchli sherik hisoblanmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi vakil.
Shuningdek, uning bildirishicha, AQSh harbiy texnikasi Rossiyada ishlab chiqarilgan texnikadan ustundir.
Bundan oldin, O‘zbekiston Rossiya bilan o‘nta Mi-35M vertolyoti bo‘yicha shartnoma imzolagani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid

22:55 / 02.08.2025
AQSh Senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni ma’qullamasdan ta’tilga chiqmoqda

21:35 / 02.08.2025
Hindiston Trampning tahdidlariga qaramay, Rossiyadan neft sotib olishda davom etadi – OAV

20:28 / 02.08.2025
HAMAS Falastin davlati tashkil etilmaguncha qurolni tashlashdan bosh tortdi

16:30 / 02.08.2025