Formula-1: Xemilton Ispaniya bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Foto: EPA-EFE/ALBERTO ESTEVEZ
“Formula-1” poygalarining Ispaniyadagi bosqichida “Mersedes” a'zosi, amaldagi chempion Lyuis Xemilton g‘olib bo‘ldi.
Marraga ikkinchi bo‘lib Xemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas, uchinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen yetib kelgan. “Mersedes” jamoasi a'zolari qatorasiga beshinchi marta eng yuqori ikki pog‘onani egalladilar.
Poyganing 5-bosqichidan keyin Xemilton 112 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, 2-o‘rinni 105 ochko bilan Bottas, 3-o‘rinni esa 66 ochko bilan Ferstappen egallamoqda.
Poyganing keyingi bosqichi Monakoda 24-26 may kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid

20:55 / 24.04.2025
Ispaniya Isroildan millionlab o‘q-dori sotib olishdan bosh tortdi

16:03 / 15.04.2025
Ispaniyada ayol nogironlik nafaqasini olish uchun 16 yil o‘zini soqovlikka solib yurgani aniqlandi

17:56 / 03.04.2025
Ispaniya «oltin viza» berishni to‘xtatdi

20:56 / 17.03.2025