Farg‘onada Erkin Vohidov memorial muzeyi va Haziniy uy-muzeyi tashkil etiladi

Foto: ziyouz.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligining Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Uchko‘prik tumanida Haziniy uy-muzeyini Farg‘ona viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Farg‘ona viloyat hokimi (Sh. G‘aniyev) Madaniyat vazirligi (B. Sayfullayev) bilan birgalikda:
tashkil etilayotgan muzeylarning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi to‘g‘risida yangilangan nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash;
muzeylarning shtatlar jadvalini belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini hamda malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta'minlash;
muzeylar joylashgan binolarni Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi balansiga o‘tkazish hamda binolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;
muzeylarda madaniy-ma'rifiy tadbirlar, atoqli shoir va yozuvchilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlar tashkil etish;
muzeylarga zamonaviy interfaol axborot-texnologiyalarni joriy etish choralarini ko‘radi.
Mavzuga oid

11:50 / 22.02.2025
“Titanik” chekuv xonasidagi oltin qandil AQShda muzeyga qo‘yildi

13:30 / 11.02.2025
40 xonali katta bino – Navoiy tug‘ilgan kunda uning muzeyiga borish nega noqulay?

01:32 / 26.01.2025
Niderlandiyada muzeydan namoyishga qo‘yilgan Ruminiya xazinalari o‘g‘irlab ketildi

14:12 / 11.01.2025