Turkiya Iroqda yangi antiterror operatsiyasi boshlanganini e'lon qildi

Foto: Pool Photo via AP, arxiv
Turkiya milliy mudofaa vazirligi Iroq shimolida yangi antiterror operatsiyasi o‘tkazilishini e'lon qildi.
"12 iyul kuni Iroq shimolida maxsus otryadlarimiz artilleriya va HHK qo‘llab-quvvatlovi ostida yangi "Panja-2" operatsiyasini boshladi", - deyiladi vazirlik tomonidan.
Mudofaa vazirligining qayd etishicha, operatsiyada shuningdek, quruqlikdagi harbiy texnika, T129 ATAK jangovar vertolyotlari, uchuvchisiz uchar qurilmalar ishtirok etmoqda.
"Panja-2" operatsiyasi Iroqning Xakurk viloyatidagi terrorchilik tashkilotlarining boshpanalarini yo‘q qilishga qaratilgan.
Turkiya qurolli kuchlari 28 mayda Iroq shimolida "Panja" harbiy operatsiyasini boshlagandi. O‘tgan vaqt davomida Anqara tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasining 60dan ortiq a'zolari yo‘q qilingan.
Mavzuga oid

22:38 / 04.06.2025
«Pautina» operatsiyasi: Rossiya qanday javob beradi?

09:54 / 04.06.2025
Bloomberg: "Gazprom" Turkiyadagi gaz habi bo‘yicha rejalarni keyinga qoldirdi

00:40 / 03.06.2025
Istanbullik erkak har kuni ishga borish uchun Bosfordan suzib o‘tishi ma’lum bo‘ldi

22:27 / 02.06.2025