MRBning sobiq tahlilchisi: Putin Bushni 11 sentyabrdagi teraktlardan ogohlantirgan

Foto: AP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001 yilda AQShning o‘sha vaqtdagi prezidenti Jorj Bushni AQSh hududida teraktlar tayyorlanayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirgan. Bu haqda AQSh markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Jorj Bibi o‘zining kitobida yozgan.
Bibi “Rossiya tuzog‘i: Rossiya bilan xufiyona urushimiz qanday qilib yadro falokatiga aylanishi mumkin” deb nomlangan kitobida Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan 2 kun avval amerikalik hamkasbiga qo‘ng‘iroq qilib, Rossiya razvedkasi Afg‘onistondan taralayotgan, “anchadan beri tayyorgarlik ko‘rilgan” terrorchilik kampaniyasi alomatlarini qayd qilganini ma'lum qilgan.
Sobiq tahlilchi Putin 11 sentyabrdagi teraktlardan keyin AQShni qo‘llab-quvvatlash uchun Bushga qo‘ng‘iroq qilgan birinchi xorijiy yetakchi bo‘lganini eslatib o‘tgan.
Bibining kitobi AQShda joriy haftada sotuvga chiqdi. Bibi MRBning Rossiya bilan shug‘ullangan tahliliy bo‘linmasiga rahbarlik qilgan, hozirda esa Vashingtondagi Milliy manfaatlar markazi vitse-prezidenti bo‘lib ishlaydi.
Kreml saytining yangiliklar arxivida 2001 yil 10 sentyabrda Putin va Bush o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tgani haqidagi xabar bor. Ta'kidlanishicha, qo‘ng‘iroq AQSh tashabbusi bilan amalga oshirilgan, unda Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammitiga hamda ikki davlat o‘rtasidagi oliy darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ishlari muhokama qilingan.
Mavzuga oid

19:10 / 25.04.2025
Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

09:01 / 25.04.2025
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi

01:32 / 23.04.2025
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT

21:41 / 22.04.2025