Kiyimlar orasiga yashirilgan yarim kilogramm tilla taqinchoqlar fosh bo‘ldi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Zargarlik buyumlarini yashirin yo‘llar bilan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar bojxona organlari xodimlari tomonidan o‘z vaqtida bartaraf qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 24 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy reys bilan uchib kelgan fuqaro M.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, ushbu shaxs egnidagi kiyimlari va yuklari orasiga jismoniy shaxslar uchun belgilangan olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 160 million so‘mlik 492,5 gramm qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirincha olib kirishga uringanligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

19:56 / 22.04.2025
“Narxlar ancha arzonroq” - Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbeklar o‘zi bilan nimalar olib kiryapti?

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

10:43 / 03.05.2024